Get Mystery Box with random crypto!

Abituriyentlar bugun ham kirish imtihoni uchun to'lov qilishi | Oʻqituvchilar uchun

Abituriyentlar bugun ham kirish imtihoni uchun to'lov qilishi mumkin

Kecha, 20-iyul kuni OTMlarning bakalavriat bosqichiga qabul tugadi. Biroq abituriyentlarga to‘lovni amalga oshirish uchun yana bir kun qo‘shib berildi.

21-iyul kech soat 23:59 gacha kirish imtihonlarida qatnashish uchun to‘lovni amalga oshirish mumkin.

Kimlar to‘lovdan ozod?
o‘qishni test o‘tkazilayotgan yili tugatgan bitiruvchilar;
nogironligi bo‘lgan shaxslar;
mehribonlik uylari bolalari;
bolalar shaharchasining bitiruvchilari;
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslar va ularning farzandlari;
“Yoshlar daftari”da ro‘yxatda turuvchi yoshlar kirish imtihonlarida qatnashish uchun to‘lov qilmaydi.

Ma’lumot uchun: testda qatnashish uchun to‘lov — 165 ming so‘m.

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga
qoʻshiling!

@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU