Get Mystery Box with random crypto!

#Bilasizmi Yoʻqolgan yoki foydalanishga yaroqsiz holatga keli | Pedagoglar

#Bilasizmi
Yoʻqolgan yoki foydalanishga yaroqsiz holatga kelib qolgan darsliklar qanday tartibda toʻlanadi?

Amaldagi qonunchilikka qoʻra, yoʻqolgan yoki foydalanishga yaroqsiz holatga kelib qolgan darslik va oʻquv metodik qoʻllanmalar oʻquvchining ota-onasi, shuningdek ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar yoki oʻqituvchilar tomonidan quyidagi tartibda toʻlanadi:

— darslik va oʻquv metodik qoʻllanmalar koʻrinishida;

Birlamchi hujjatlarda (hisob-fakturada, yuk xatida) koʻrsatilgan qiymat miqdorida:

birinchi sinf oʻquvchilarining har bir darslik va oʻquv metodik qoʻllanmalari uchun – uning bir baravari miqdorida;

2 – 4 sinf oʻquvchilarining har bir darslik va oʻquv metodik qoʻllanmalari uchun – uning ikki baravari miqdorida;

5 – 11 sinf oʻquvchilarining har bir darslik va oʻquv metodik qoʻllanmalari uchun – uning toʻrt baravari miqdorida.

Pedagoglar kanaliga obuna boʻling
https://t.me/+SEjhuG-0kd7dL2wl