Get Mystery Box with random crypto!

Toshkentda 8-sinf o‘quvchilari dars vaqtida qarta o‘ynadi To | Pedagoglar

Toshkentda 8-sinf o‘quvchilari dars vaqtida qarta o‘ynadi

Toshkentda maktab o‘quvchilari sinfda qarta o‘ynagani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarga sizdirildi. Ushbu holat yuzasidan Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi munosabat bildirdi.
Aniqlanishicha, holat joriy yilning 23-aprel kuni Yunusobod tumanidagi 235-sonli umumta’lim maktabida 8-"B" sinf o‘quvchilari tomonidan tarix fani darsi chog‘ida sodir etilgan. Dars jarayoniga xalaqit qilib, "qartabozlik" qilgan to‘rt nafar o‘quvchi va ularning ota-onalari maktabga chaqirtirilib, Milliy gvardiya, IIB xodimlari, psixolog hamda maktab ma’muriyati ishtirokida profilaktik tushuntirish ishlari olib borilgan.
O‘quvchilarning ota-onalariga MJTKning 47-moddasiga asosan jarima qo‘llanildi.

Pedagoglar kanaliga obuna boʻling
https://t.me/+SEjhuG-0kd7dL2wl