Get Mystery Box with random crypto!

Bugun barcha xodimlar ish joyidan kamida 1 soat ertaroq ketish | Pedagoglar

Bugun barcha xodimlar ish joyidan kamida 1 soat ertaroq ketishlari mumkin

Mehnat kodeksining 121-moddasiga koʻra, bayram (ishlanmaydigan) kunlari arafasida kundalik ish (smena) muddati barcha xodimlar uchun kamida 1 soatga qisqartiriladi.

Ertaga Mustaqillik bayrami kuni. Demak, bugun ishga chiqqan barcha xodimlar 1 soat vaqtliroq uyiga ketishga qonunan haqli.

Eslatib oʻtamiz, yaqinlashayotgan davlat mustaqilligi bayrami munosabati bilan oʻzbekistonliklar ketma-ket 4 kun dam oladi.

Bunda:

1-sentabr — Mustaqillik bayrami;

2-sentabr — juma, ish haftasining turidan qat’i nazar barcha xodimlar uchun qoʻshimcha dam olish kuni;

3-sentabr — shanba, olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun Farmonga asosan qoʻshimcha dam olish kuni;

4-sentabr — yakshanba, barcha uchun odatdagi dam olish kuni.

5-sentabr barcha uchun ish kuni. Maktab, litsey, kollej va texnikum oʻquvchilari uchun ham darslar 5-sentabr — dushanbadan boshlanadi.

Pedagoglar kanaliga obuna boʻling

https://t.me/+SEjhuG-0kd7dL2wl