Get Mystery Box with random crypto!

Barcha davlat oliy ta’lim muassasalarining barcha bosqich tala | Pedagoglar

Barcha davlat oliy ta’lim muassasalarining barcha bosqich talabalari uchun toʻlov-kontrakt miqdorlari oshirilmaydi

Talabalar va ularning ota-onalariga qulay sharoitlar yaratish, global iqtisodiy inqiroz sharoitida aholining toʻlov qobiliyatini inobatga olgan holda, istisno tariqasida, 2022/2023 oʻquv yili uchun barcha bosqichdagi talabalarning toʻlov-kontrakt asosida oʻqitish qiymati miqdorlari davlat oliy ta’lim muassasalari, jumladan, moliyaviy mustaqillik berilgan oliy ta’lim muassasalarida ham, bazaviy toʻlov-kontrakt qiymati 2021/2022 oʻquv yili uchun belgilangan miqdorlarda saqlab qolinadi. Ya’ni oʻtgan yili kontraktlar qancha boʻlsa, joriy yil ham shuncha boʻladi.

Shu bilan bir qatorda, 2022/2023 oʻquv yili tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt miqdorlari oʻtgan oʻquv yili uchun belgilangan miqdorlarda oʻzgarishsiz qoladi.

Pedagoglar kanaliga obuna boʻling

https://t.me/+SEjhuG-0kd7dL2wl