Get Mystery Box with random crypto!

0.5 stavkada faoliyat yuritayotgan direktor oʻrinbosarlariga 1 | Pedagoglar

0.5 stavkada faoliyat yuritayotgan direktor oʻrinbosarlariga 10 soatdan ortiq miqdorda dars berishga taqiq qoʻyildi

Maʼlumki, maktabda direktor oʻrinbosari lavozimida ishlayotgan xodim bir vaqtning oʻzida mutaxasisligi boʻyicha dars oʻtishi ham mumkin. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 275-son qarori bilan tasdiqlangan nizomning 14-bandida xalq taʼlimi muassasasining rahbar xodimi tomonidan asosiy lavozimning bir haftada 10 soatgacha hajmda oʻqituvchi lavozimi bilan qoʻshib olib borilishiga yoʻl qoʻyiladi deyilgan. Faqat nizomning mazkur bandida 0.5 stavkada ishlaydigan rahbar xodimlar nazarda tutilmagandi.

Shu sababli 0.5 stavkada ishlayotgan rahbar xodimlarning asosiy ishi oʻqituvchilik boʻlib, rahbarlik qilish ularga qoʻshimcha vazifa sifatida yuklatilgan taqdirda ular 20 soatgacha dars olishi mumkin edi. Amaliyotda ham mana shu qoida qoʻllanilayotgandi.

Ammo Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-sonli qarori bilan Vazirlar Mahkamasining 275-son qarori 3-ilovasining 14-bandiga oʻzgartirish kiritilib ushbu tartib bekor qilindi.

Amaldagi yangi tartibga koʻra xalq taʼlimi muassasasining rahbar xodimi tomonidan uning egallab turgan shtat birligidan qatʼi nazar, asosiy lavozimning bir haftada faqat 10 soatgacha hajmda oʻqituvchi lavozimi bilan qoʻshib olib borilishi mumkinligi belgilandi. YAʼni 1 stavkadagi rahbar xodim ham, 0.5 stavkada ishlovchi rahbar xodim ham endi faqatgina 10 soat dars oʻtishi mumkin.

Eslatib oʻtamiz, pedagog xodimlarga (rahbar xodimlarga ham) dars soatlari “Umumtaʼlim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya roʻyxatlarini shakllantirish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomida belgilangan tartibda taqsimlanadi.

Pedagoglar kanaliga obuna boʻling

https://t.me/+SEjhuG-0kd7dL2wl