Get Mystery Box with random crypto!

Bankomatlardan pul olish yanada osonlashdi Uzcard va Humo toʻ | PEDAGOGLAR

Bankomatlardan pul olish yanada osonlashdi

Uzcard va Humo toʻlov tizimlari bankomatlarini integratsiya qilish boʻyicha texnik ishlarni yakunladi. Hozirgi vaqtda pilot rejimida ikkita bankomat ishlab turibdi: Uzcardga ulangan va Humo bank kartalarini qabul qiluvchi “Kapitalbank” ATB bankomati, shuningdek, Humoga ulangan va Uzcard kartalari qabul qilinishini ta’minlaydigan “Xalq banki” ATB bankomati.

Toʻlov tizimlarining ikkala operatori tomonidan test sinovlari muvaffaqiyatli yakunlanib, shuningdek, tranzaksiyalarni amalga oshirishda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan xatolar aniqlangandan soʻng, tijorat banklarining barcha bankomatlarini ulash rejalashtiriladi.

2023-yil 1-iyundan boshlab tijorat banklari bilan kelishilgan jadvalga muvofiq barcha bankomatlarni bosqichma-bosqich ulash boshlanishi kutilmoqda.


@PEDAGOG