Get Mystery Box with random crypto!

OʻQITUVCHI MAQOMI Oʻqituvchi ustozlarga Ulugʻ maqom beramiz, | PEDAGOGLAR

OʻQITUVCHI MAQOMI

Oʻqituvchi ustozlarga
Ulugʻ maqom beramiz,
Ya’ni ularga bepul,
,,Qogʻoz qalam beramiz".

Majburiy mehnat ham yoʻq,
Paxta yoʻq, tashvish gʻam yoʻq,
Endi bozor kunlari,
Ularga dam beramiz.

Uningdek qaddi gʻoz yoʻq,
,,Besh yillik imtiyoz" yoʻq,
Sabr, matonatiga
Hammamiz tan beramiz.

,,Tibbiy koʻrigi" bepul,
Yarmi tekin,yarmi pul,
Sanatoriysi uchun,
Yoʻllanma ham beramiz.

,,Ustoz otangdek ulugʻ",
Suprasi  esa quruq,
Eng muhimi ularga
Ulugʻ bir ,,Nom "beramiz.


Xurshid Karim (5.05.2023)

@PEDAGOG