Get Mystery Box with random crypto!

Ikkinchi kursdan talablarga oʻqituvchilik faoliyati bilan shug | PEDAGOGLAR

Ikkinchi kursdan talablarga oʻqituvchilik faoliyati bilan shugʻillanishga ruxsat berishdan asosiy maqsad nima edi?

Hozirgi tartibga koʻra, talabalar 3-kursdan maktabda asosiy oʻqituvchi lavozimida ishlashi mumkin. Ilgari bu tartib 4-kurslargagina ta’luqli edi. Endi esa 2-kurslarga ham shu amaliyotni qoʻllash reja qilinyapti.

Bundan koʻzlangan maqsad talabalarni oʻqituvchilikka tayyorlash edi. Ya’ni, ular maktabda dars berishni haqiqiy amaliyotda koʻrsa, bu boʻlajak oʻqituvchilarning salohiyatini oshirishga xizmat qiladi. Bu toʻgʻri, lekin...

Lekin, bu tartibni boshqacharoq usulda amalga oshirish kerak edi. Ya’ni, talabalarni maktabdagi oʻqituvchilarga yordamchi qilib biriktirsa ham boʻlardi. Asosiy oʻqituvchi qilib emas.

Maktab talabani haqiqiy oʻqituvchilikka tayyorlaydigan amaliyot maydoni boʻlishi kerak pul ishlab topuvchi maskan emas. Mutasaddilarimizning bu notoʻgʻri qadami esa tizimning yuqori boʻgʻinida haqiqiy soha vakillari yoʻqligiga yana bir isbot boʻldi.

Ta’lim rahbarlarining bu harakatlaridan keyin oʻzi nima uchun pedegogika oliygohlari 4 yillik qilib belgilangan? Ikkinchi kursdan maktabda dars berish mumkin boʻlsa, unda oliygohlarni 2 yillik qilib qoʻyaqolmaymizmi degan savollarni oʻrtaga tashlamoqda.

Manba: Xalq ta'limi info

@Pedagog