Get Mystery Box with random crypto!

PDP Academy

Telegram kanalining logotibi pdpuz — PDP Academy P
Telegram kanalining logotibi pdpuz — PDP Academy
Kanal manzili: @pdpuz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 9.27K
Kanalning ta’rifi

PDP Academy rasmiy kanali
👤 Admin: @PDPSupportBot
📞 Tel: (78) 777-47-47

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2023-03-23 15:41:46
Oylar sultoni — Ramazon muborak!

Aziz musulmonlar, go'zal va betakror Ramazon oyi kirib kelgani munosabati bilan PDP Academiyasining ahil jamoasi barchangizni chin yurakdan qutlaydi!

Fayzli oyda Alloh siz va oila a'zolaringizni o'z panohida asrasin! Tutgan ro'zalaringiz, qilgan ibodatlaringiz, ezgu amallaringiz ijobat bo'lsin va Alloh taolo sizni mukofotlasin!

Muborak kunlarda qalbingiz nurlarga to'lsin! Poklanish oyining savobi barchangizga nasib etsin!

Telegram | Instagram | YouTube
983 views12:41
Ochish/sharhlash
2023-03-23 14:19:28
To'xtab qolmaslik uchun faqat olg'a harakat qiling!

PDP Academy'da bahoriy master-klasslar davom etadi. Tadbir spikeri akademiyamizning tajribali mentori — Xondamir Abduhoshimov.

Mavzu:
C#.Net — NET platformasida C# dasturlash tili orqali qanday dasturlar yaratish mumkin?

Master-klassda:

— Dasturlashga qiziqqan yoshlar uchun foydali ma'lumotlar
— .Net'ning boshqa yo'nalishlardan farqli va afzallik jihatlari
— C# dasturlash tili va unda yaratilayotgan dasturlar
— Shuningdek, yana ko'plab yangi bilimlar sizni kutmoqda.

Hech narsa qilmasangiz ham, kuningiz o'tadi, ammo master-klassga tashrif buyurib yangi bilimlarni o'zlashtirsangiz, kuningiz bekor o'tmagan bo'ladi. Sizda yangi maqsadlar shakllanadi!

Dasturlashni o'rganmoqchi bo'lsangiz, ushbu imkoniyat aynan siz uchun!

BARCHANI MASTER-KLASSDA KUTIB QOLAMIZ!

25-mart // 16:00

Ro'yxatdan o'tish: @PDPSupportBot

78-777-47-47

Telegram | Instagram | YouTube
1.4K views11:19
Ochish/sharhlash
2023-03-20 10:35:02
Siz ham PDPni sog'indingizmi?

Dam olish kunlari yaxshi, albatta! Ammo siz bo'lmasangiz, Akademiya huvullab bo'm-bo'sh bo'lib qoladi!

Har bir o'quv maskani undagi insonlar: o'quvchilar, o'qituvchi-mentorlar va mehnatkash xodimlari bilan fayzli!

O'quv xonalarimiz siz — aziz o'quvchilarni intizor bo'lib kutmoqda!

Event-zalimiz ham: "Qachon yana dasturlashga qiziqqan yoshlar uchun foydali uchrashuvlar, master-klasslar bo'lar ekan?" — deb, sizlarsiz yaxshigina ichikib qoldi!

Bir so'z bilan aytganda, shunday ajoyib maskan — PDP sizlarni juda sog'indi!

Siz-chi PDPni sog'inmadingizmu?

Sizga o'z sog'inchlarini yo'llab qoluvchi — sizning PDP Akademiyangiz!

78-777-47-47

Telegram | Instagram | YouTube
1.3K viewsedited  07:35
Ochish/sharhlash
2023-03-19 07:15:20
"TAKOY" mashina minish YOKI
"PESHKOM" yurish?

Har bir inson o'z kelajagini o'zi quradi!

Qaysi sohada yoki qaysi tashkilot // kompaniyada ishlash muhim emas!

Eng muhimi, astoydil mehnat qilib, o'z ustida tinimsiz ishlagan inson, xoh u yosh bo'lsin, xoh qari, albatta, yaxshi natijalarga erisha oladi. Asosiysi, bir joyda to'xtab qolmang, chunki "So'nggi pushaymon o'zingga dushman", deb bekorga aytishmaydi!

FURSATNI BOY BERMANG!

HOZIROQ KELAJAK KASBI — DASTURLASHNI O'RGANING!

PDP Academy — eng to'g'ri tanlov!

78-777-47-47

Telegram | Instagram | YouTube
1.7K views04:15
Ochish/sharhlash
2023-03-18 13:02:20
Akademiya o'quvchilari o'rtasida so'rov

PDP Siz uchun???

Ularning javobi quyidagicha, PDP men uchun:

ikkinchi uy
ilm maskani
hayot mazmuni
dasturlash makoni
keng imkoniyatlar markazi
orzular ushaladigan manzil
Toshkentdagi eng zo'r IT-akademiya
tanlangan kasbni o'rganish uchun kerakli dargoh!

Siz uchun-chi? PDP qanday joy?

Javoblaringizni kommentlarda yozib qoldiring

Biz uchun har bir o'quvchimizning fikri qadrli!

PDP Academy — dasturlash ilmining o'chog'i!

78-777-47-47

Telegram | Instagram | YouTube
2.2K views10:02
Ochish/sharhlash
2023-03-17 16:15:04
Iqtidorli yoshlar uchun ijtimoiy lift vazifasini o'tovchi — Unicorn 2.0 loyihasiga START berildi!

Bugun, 17-mart PDP University'da “Unicorn 2.0 | Social lift” loyihasining taqdimot marosimi bo'lib o'tdi!

Loyihaga yurtimizning yetakchi 11 kompaniyasi homiylik qilmoqda. Ular tomonidan iqtidorli yoshlar IT sohasida ta'lim olishlari uchun umumiy qiymati 9,9 mlrd soʻmlik ta’lim granti ajratildi.

Batafsil o'qish uchun havola

Ijtimoiy tarmoqlarimizni kuzatib boring, tez orada GRANT haqida yanada batafsil ma'lumotlarni taqdim etamiz!

PDP University — raqamli taʼlim, raqamli kelajak yaratish uchun!

| 78-777-77-47

Telegram | Instagram | YouTube
342 views13:15
Ochish/sharhlash
2023-03-16 19:16:08
TUGAMAYDIGAN SAVOLLARGA HAYOTIY JAVOBLAR!

PDP Academy'ga birinchi marta tashrif buyurgan o'quvchilarda turli savollar tug'ilishi tabiiy, masalan:

ish bilan ta'minlaysizmi?
kursni tugatgach, qancha pul topaman?
nega kurslar buncha qimmat va shunga o'xshash ko'plab savollar...

Agar sizda ham shunday savollar bo'lsa, bizda barchasiga javob bor! Javobni PDP Academy bitiruvchilarining shaxsan o'zidan eshitasiz!

Guvohi bo'lganingizdek, PDPni tamomlagan yoshlar — bizning o'quvchilarimiz dasturlash bo'yicha yurtimizdagi TOP-kompaniyalarda yuqori maosh bilan ishlashmoqda!

Barchasi o'zingizga bog'liq:
qayerda bo'lmang, qanchalik kuchli ustozlar dars bermasin, agar astoydil harakat qilmasangiz, yuqori marralarni zabt etolmaysiz! Sizdan kuchli dasturchi chiqmaydi!

Lekin! PDP Academy zamonaviy o'quv dasturlari va real loyihalar orqali yoshlarga dasturlash bo'yicha sifatli ta'lim beradi!

PDP Academy — SIZ UCHUN ENG TO'G'RI TANLOV!

78-777-47-47

Telegram | Instagram | YouTube
1.7K views16:16
Ochish/sharhlash
2023-03-14 15:32:13
MASTER-KLASSNING "DODASI"

PDP Academy'da bahoriy master-klasslar davom etadi. Bu galgi mehmonimiz "BAIK Technologies"da Senior Project-manager lavozimida ishlovchi — Vorisxon G'anixo'jayev!

Mavzu:
Project-manager. Kim u?

Master-klass davomida:

IT sohasida Project Manager nimalarni bilishi kerak?
Ular qancha daromad topadi?
Loyiha menejerining vazifasi nimalardan iborat?
Tajribaga ega bo'lmay turib ham loyihalarni boshqarish mumkinmi?
Project Manager bo'lish uchun qayerda va qancha o'qish kerak?
Loyihaning butun taqdiri yakka shaxsga bog'liqmi? — kabi savollarga javob topasiz!

Siz ham IT'da katta-katta loyihalarni boshqarishni maqsad qilgan bo'lsangiz, u holda ushbu tadbirga, albatta, tashrif buyuring va o'zingiz uchun foydali ma'lumotlarga ega bo'lign!

Master-klass vaqti: 17-mart // 20:00

KIRISH BEPUL

Ro'yxatdan o'tish: @PDPSupportBot

78-777-47-47

Telegram | Instagram | YouTube
1.3K viewsedited  12:32
Ochish/sharhlash
2023-03-14 08:51:58
"PDP Alumni" loyihasining navbatdagi qahramoni

Anvarjonov Nurillo — Andijon viloyatidan va u 19 yoshda. Dasturlashni dastlab "self study" tarzida boshlagan ushbu bitiruvchimiz unga ustoz maslahati va mentor ko'magi kerakligini anglab yetgach, PDP Academy'ga kelib "Asosiy kurs"larimizda ta'lim olgan!

Qahramonimiz nutqidan ayrim iqtiboslar:

Hech qaysi kompaniya — Agar siz ularga mos kelmasangiz — "Yo'q, kirmadingiz!" — deb aytmaydi!

O'qish va ish o'rtasida osmon bilan yercha farq bor. O'qishda ustoz ko'rsatgan, o'rgatgan narsalarni bajarasiz, lekin ishda hammasi butkul boshqacha: siz mijoz nimani so'rasa, shuni qilib berishga majbursiz!

Har xil loyihalarda ishlash — qolipga tushib qo'ymaslikka yordam beradi.

Barcha qiziqqan narsalaringizni o'rganishga umringiz yetmaydi, shuning uchun o'zingizga mos bitta sohasini tanlang va shu bo'yicha professional bo'ling!

"Alumni" loyihasining yangi soni

78-777-47-47

Telegram | Instagram | YouTube
800 views05:51
Ochish/sharhlash
2023-03-13 15:31:05
Yangilangan Java Backend

KURS TAQDIMOTIGA MARHAMAT!

PDP Academy dasturlash sohasiga qiziqqan va shu sohada o'qiyotgan barcha yoshlarni "Java Backend" kursining yangilangan, o'zgacha strukturada qayta ishlab boyitilgan, o'quvchilar uchun yanada tushunarli tilda yaratilgan variantining taqdimotiga taklif qiladi!

Kursning yangi versiyasini yaratishda fidokorlik ko'rsatgan va sizlarga taqdimot davomida o'zgarishlar haqida batafsil ma'lumot berib o'tuvchi shaxs — Akademiyamizning tajribali mentori — Elmurodov Javohir.

BARCHANGIZNI TAQDIMOT MAROSIMIDA KUTIB QOLAMIZ!

13-mart // 19:00

KIRISH BEPUL

Ro'yxatdan o'tish: @PDPSupportBot

78-777-47-47

Telegram | Instagram | YouTube
2.1K views12:31
Ochish/sharhlash