Get Mystery Box with random crypto!

O‘zbekistonda 2023-yil «Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili | PDP Academy

O‘zbekistonda 2023-yil «Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili» deb e’lon qilindi

Yil nomi prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan 20-dekabr kuni Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida e’lon qilindi. Taklif tadbir ishtirokchilari tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.

Prezident 2023-yilga nega bunday nom berilayotganini izohlarkan, O‘zbekistonda olib borilayotgan davlat siyosatining markazida inson va uning manfaatlarini ta’minlashni ustuvor vazifa etib belgilanganini ta’kidladi.

«Aslida ham, bizning eng bebaho boyligimiz, bu — bunyodkor xalqimiz, duogo‘y ota-onalarimiz, navqiron avlodimiz emas-mi? Shu yurtda yashayotgan har bir insonning tinch va baxtli hayot kechirishi, uning sog‘lig‘i joyida bo‘lishi, yaxshi ta’lim olishi, oilasini tebratishi uchun qanday sharoit kerak bo‘lsa, hammasini yaratib berishga harakat qilayapmiz va bu yo‘ldan aslo to‘xtamaymiz», — dedi prezident.