Get Mystery Box with random crypto!

Dasturchi boʻlish yaxshi kelajak uchun yagona yechimmi? Sizn | PDP Academy

Dasturchi boʻlish yaxshi kelajak uchun yagona yechimmi?

Sizni 15-oktabr kuni soat 11:00 da boʻlib oʻtadigan maxsus tadbirimizga taklif etamiz.

Tadbirda spiker sifatida Paymeʼda Backend dasturchi va TopDori, TezElon, YessTaxi Start upʼlari taʼsischilaridan biri Botir Ziyatov ishtirok etadi.

Botir ZiyatovKun.uz saytining web-portali, kuryerlar uchun moʻljallangan tizim (ExBee) va NewMax kabi bir qancha loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etgan.

Tadbir davomida siz Botir Ziyatovning dasturlash sohasidagi bilim va tajribalari bilan tanishish hamda oʻzingizga qiziq boʻlgan barcha savollarga javob olish imkoniga ega boʻlasiz.

Demak sizni 15 oktabr kuni soat 11:00 da PDP Academyʼda kutib qolamiz!

Batafsil ma'lumot: 78-777-47-47
Murojaat uchun: @PDPSupportBot

Telegram | Instagram | YouTube