Get Mystery Box with random crypto!

Paxlava: 600-650 gr un 300 gr saryog' xona haroratida 200 gr s | Pazandalik Sirlari |Rasmiy kanal

Paxlava:
600-650 gr un
300 gr saryog' xona haroratida
200 gr smetana
10 gr soda (2-3 tomchi uksus)
7 ta tuhum sarig'i
Un va saryog' uqalab olinadi va o'rtasiga smetana soda solib aralashtirib tuhum sarig'i solinadi va aralashtirib yumshoq qo'lga yopishmaydigan hamir qorib olinadi va 3 ta bo'lakka bo'lib olinadi 1 ta bo'lak sal kichikroq qilib olinadi.
Kichkina bo'lak hamirni yoyib 180* C da 10 minut pishirib olinadi.
2 chi hamirni yoyib olamiz.
Nachinka
8 ta tuhum oqi (1 ta tuhum sarig'i ustiga olib qolinadi )
350 gr shakar
Tuhum avval ko'pirtirib olinadi va shakarni oz ozdan solib qattiq qilib beze qilib olinadi.
Va 2 ga bo'lib yarim bezeni hamir ustiga surib olinadi va yong'oq to'g'raladi ustiga sepib chala pishgan hamirni qo'yib qolgan beze solinadi va yong'oq sepib 3 chi hamirni yoyib ustiga yopib chetlarini yaxshilab kirgizib ustiga tuhum sarig'i suriladi va o'tkir pichoqda rombik qilib kesib yong'oq terib 170* C da 30-35 minut pishirib olinadi va ustiga issiqligida asal suriladi.