Get Mystery Box with random crypto!

​​​ Yumshoqqina va judayam mazali, saharlik va iftorliklarda m | Dunyo taomnomasiga o'tish

​​​ Yumshoqqina va judayam mazali, saharlik va iftorliklarda mazza qilib yeyiladigan bulochkalar

Masalliqlar:
2 tuhum oqi (sarig’i ustiga suriladi)
125 ml sut
125 ml suv
60-70 ml salat yog’i
4 katta qoshiq qatiq
1 paket drojja (11gr)
3 kichik qoshiq shakar
1 kichik qoshiq tuz
4-4,5 stakan (250gr lik) un
75 gr saryog’
Nachinkasi uchun varyonnaya sgushenka ishlatdim.

Tayyorlanishi:
Sut, suv va yog’ni birlashtirib ilitib olamiz. Tuhum oqi, qatiq, shakar, tuz va drojjani solib yaxshilab aralashtirib olamiz. Sekin asta un solamiz. Unni ko’p qismini solib qolgan qismini oz ozdan solib hamir qoramiz. Un ko’pday ko’rinsa ortib qolgani ma’qul ko’p solib qattiq hamir bo’lib qolgandan ko’ra. Ohirida hona haroratida yumshab turgan saryog’ni solib yana hamirni qorishda davom etamiz. Saryog’ bn hamir o’zlashib judayam chiroyli elastik holga keladi. Yumshoq va qo’lga yopishmaydigan mayin hamir bo’ladi. Ustini yopib iliq joyda 2 baravar ko’tarilishi uchun qoldiramiz. 40-45 daqiqadan so’ng hamirimizni olib havosini chiqarib mayda zuvalachalarga bo’lib chiqamiz. Manda 22 dona bulochka chiqdi. Yoyish uchun jo’va shartmas, qo’lda tez tez yoyib olib ichiga 1-2 qoshiqdan varyonnaya sgushenka solib tugib listga terib chiqamiz. Hohlagancha tugish mumkin. Ichiga djem yoki murabbo solish mumkin. Tugganda ochilb ketmaydigan qilib yaxshilab yopishtiriladi. Ustini sochiq bn yopib yana 20-25 minut qo’yib qo’yamiz. Hajmi 2 baravar kattalashadi. Duhovkani 200 darajaga qizdirib qo’yamiz. Bulochkalar ustiga tuhum sarig’ini surib duxovkaga 30-35 daqiqaga qo’yamiz.
Pishib chiqgach hohishga ko’ra ustiga shakar upasi sepamiz.
Hiddi shu hamirni tuzli nachinka bn qilsa ham bo’ladi. Masalan: ko’katli nachinka, pishloqli nachinka, kartoshka yoki qiymali nachinka. Ustiga kunjut va sedana sepiladi. Juda to’yimli va mazali tuzli bulochka bo’ladi.

Yoqimli ishtaha!

@pazanda_siri