Get Mystery Box with random crypto!

SUSHI - DOG yoki Sushi Hot-Dog Bunaqasini hali aniq tatib k | PAZANDA.UZ

SUSHI - DOG yoki Sushi Hot-Dog Bunaqasini hali aniq tatib ko'rmagansiz! Videoni hoziroq SAQLAB oling

GURUCHI:
-2 stakan dumaloq, mayda guruch (alanga)
-2 stakan suv
-tuz

Guruchni yaxshilab yuvib, suvni quyib, tuz solib, qozonni gazga qo'yamiz.
Qaynab chiqqach, olovni pastlatib, 20-30 minut past olovda dimlaymiz.
Haqiqiy sushi guruchi hech qanday tuz, ziravorlarsiz pishiriladi, pishgach tuz+shakar+uksus aralashmasini qo'shib yuboradi. Lekin men oddiy tuz bilan pishirdim bu safar, mazasi zo'r

"BULOCHKASIGA" :
-sushi yaproqlari (sushi nori)
-guruch
-krem-chiz
-1 stakan un
-1 stakan suv (tahminan)
-yarim choy qoshiq tuz

NACHINKASIGA:
-hom qizil baliq (salmon)
-bodring
-mayonez (yoki ranch sous)
-soya sousi
-achchiq sous

Baliqni miqdoriga va ta'bingizga qarab, souslarni keragicha soling. Videodagi nachinka 1 ta sushi-dog uchun yetadi.
Mazasiga gap bo'lishi mumkin emas, albatta tatib ko'ring Yoqimli ishtaha!
.
Videoga LIKE bosing, COMMENT qoldiring
.
SAQLAB oling
.
Do'stlaringizga ham jo'natib qo'ying
.
https://t.me/PazandaDilafruz