Get Mystery Box with random crypto!

CORN-DOG! Hamiriga: 2 st un (250 ml lik stakanda) 3 osh q shak | PAZANDA.UZ

CORN-DOG!
Hamiriga:
2 st un (250 ml lik stakanda)
3 osh q shakar
1 ch q tuz
1 osh q to'la razrixlitel
2 ta tuhum
220-250 ml sut
Quyuq hamir bo'ladi.

Yana: halal sosiskalar
Mayda to'gralgan non
Non talqoni
Qovurish uchun ko'pgina yog'
Yog'och cho'plar kerak bo'ladi.

-Hamirni tayyorlab, uzunchoq stakanga quyib olamiz.
-Nonni ham mayda kvadrat qilib to'grab olamiz. Nonni o'rniga hom kartoshkani mayda to'grab olsangiz ham bo'ladi.
-Quruq sosiskalarni avval hamirga, keyin to'gralgan nonga (yoki kartoshkaga) botirib olamiz.
-Oxirida ochiq qolgan joylarini non talqoni (панировочные сухари) bilan to'ldirib qo'yamiz.
-Qizigan yog'da o'rtadan saalgina balandroq olovda hamma tomonini qizartirib qovurib olamiz.
-Yoqimli ishtaha!

Retseptni yaqinlaringizga ham ulashing
https://t.me/PazandaDilafruz