Get Mystery Box with random crypto!

Maktabga MAKARON Maktabda tayyorlab beradigan makaronlardan m | PAZANDA.UZ

Maktabga MAKARON Maktabda tayyorlab beradigan makaronlardan ming marta mazali! Albatta SAQLAB oling!

Mac&Cheese retsepti!

1 kosa makaronni tuzli suvda qaynatib, to'liq pishirib olamiz.
Tovaga 2 osh qoshiq saryog solib, 1 osh qoshiq un bilan qovuramiz.
1 stakan sut, tahminan yarim stakandan sal kamroq slivki (qaymoq) solamiz. Togrisi, sut va qaymoqni tahminan solaman, massani quyuq-suyuqligiga qarayman.
1 piyola irg'ichlangan pishloq solamiz, mozarella, cheddar pishloqlaridan solishingiz mumkin.
Tuz, murch, quritilgan sarimsoq, paprika, oregano solib, pishgan makaronlarniyam aralashtirib yuboramiz.

Meni farzandim boradigan maktabda KONDITSIONER bor! Honalari sovuq, ovqat ham AYNIB QOLMAYDI! Lekin siz xoxlasangiz sousga qaymoq solmang, issiq havoda qaymoq hammagayam yoqmasligi mumkin! Yoqimli ishtaha!

Kanalga do'stlaringizni ham taklif qiling
https://t.me/PazandaDilafruz