Get Mystery Box with random crypto!

MAZALI YUMSHOQ PONCHIK Kerakli masalliqlar: 250 ml iliq | @Pazandachilik

MAZALI YUMSHOQ PONCHIK

Kerakli masalliqlar:
250 ml iliq sut
2 ta tuxum
100 ml o'simlik yog'i
3 osh qoshiq shakar
1 osh qoshiq droja
0.5 choy qoshiq tuz
3.5 st + - un

Tayyorlanishi:
Iliq sutga tuxum, yog', shakar droja, tuz solib aralashtiramiz. Unni oz-ozdan qo'shib xamir qoramiz. Xamirni ustini yog'lab 40 daqiqa oshiramiz.
Xamir oshgach 1 st atrofida yoyib, dumaloq shaklda kesib, o'rtasini dumaloq teshikcha qilib olamiz va yana 10-15 daqiqa ustini yopib tindiramiz. Qizigan yog'da o'rta olovda ikkala tarafini qizartirib pishirib olamiz. Biroz sovugach eritilgan shokoladga botirib olamiz(videoda shu joyi tushmay qolibti) va hohishga qarab bezak beramiz. Man oq shokoladga pushti rang qo'shib ponchiklar ustidan chizib chiqdim. Bolajonlarga judayam yoquvchi "Ponchik"lar tayyor!
@Pazandachilik
Пазанда бекалар учун махсус яқинларингизга улашинг
https://t.me/joinchat/AAAAAE_41pvdk7i8Av9_LQ
Энди бизни инстаграмда хам кузатинг манзил
http://instagram.com/Pazandachilik_uz
Ёқимли Иштаха