Get Mystery Box with random crypto!

Asalli pechene Kerakli masaliqlar: Tuxum 2 dona Sariyogʼ | @Pazandachilik

Asalli pechene
Kerakli masaliqlar:
Tuxum 2 dona
Sariyogʼ – 100 gr
Un –300 gr (yumshok xamir bulguncha)
Аsal – 2-3 osh qoshiq
Razrixlitelь 1 choy koshik
Maydalangan yongʼoq
Chimdim tuz
Tayyorlanishi:
Dastlab idishga 2 dona tuxumni chaqib solib, 1 donasini olib qoʼyamiz. Bir chimdim tuz qoʼshib, yaxshilab aralashtiramiz. Soʼngra eritilgan margarin solib, yana aralashtiramiz. Endi aralashmamizga asal, un va razrxlitel solib yumshoqqina xamir qoramiz.
— Xamirimizni birozga tindirib qoʼyamiz. Xamirimizni boʼlaklarga boʼlib olamiz. Har bir boʼlakka tuxum oqini surtib, maydalangan yongʼoqqa botirib olamiz va 180°C yaxshilab pishirib olamiz. Pechenьelarimiz tayyor.
Internet sahifasidan olindi
@Pazandachilik
Пазанда бекалар учун махсус яқинларингизга улашинг
https://t.me/joinchat/AAAAAE_41pvdk7i8Av9_LQ
Энди бизни инстаграмда хам кузатинг манзил
http://instagram.com/Pazandachilik_uz
Ёқимли Иштаха