Get Mystery Box with random crypto!

Olmali zefir  Masalliqlar: @Pazandachilik Kanalga a'zo bo | @Pazandachilik

Olmali zefir

 Masalliqlar:

@Pazandachilik Kanalga a'zo bolish
4 dona olma 
250 gramm shakar
1 ta tuxum oqi
1 o'ramcha vanil shakari

QIYOMIGA:
475 gramm shakar
8 gramm agar-agar
160 gramm suv

Tayyorlanishi

@Pazandachilik Kanalga a'zo bolish
Agar-agarni ustidan suv quyib, ivitib qo'yamiz. Olmalarni o'rtasidan teng ikkiga bo'lib, danakchalaridan tozalab chiqamiz. Kesilgan tomonini pastga qaratamiz va mikroto'lqinli pechga qo'yib, 8 daqiqa davomida pishirib olamiz. Pishgan olma mag'zini qoshiqda olib, bitta idishga solamiz va blender yordamida yanada maydalab olamiz. Iliq pyurega shakar va vanil shakarini solib, aralashtirib olamiz. Sovigan pyurega tuxum oqini solib ko'pirtiramiz, so'ng qolganini ham solib, yaxshilab ko'pirtirib olamiz. Ivitilgan agar-agarni gazga qo'yamiz, qaynash darajasiga keltiramiz va eriguniga qadar aralashtirib turamiz. Shakarni hammasini solamiz. Balki sizga shakar juda ko'pdek tuyulishi mumkin, xavotirlanmang, unday emas. Yaxshilab aralashtirib qaynash darajasiga keltiramiz va uning harorati 110 C darajaga ko'tarulgancha 5 daqiqa o'rta olovda qaynatamiz. Qoshiqni solganda, qiyom uzun ipdek oqishi kerak. Qiyom bir oz sovishi uchun ozroq qoldiramiz (3-5 daqiqa). Undan ko'p emas! Agar qiyom sovib qolsa, unda biz kutgan natijaga erishib bo'lmaydi. Biroz sovigan, ammo issiq qiyomni pyureli aralashmaga yupqa qilib quyamiz va mikserda muntazam aralashtirib turamiz. Solib bo'lgandan so'ng ham yana ozroq mikderda ko'pirtiramiz. Massa xuddi bezega ko'pirtiriladigan tuxum ko'pigiga o'xshab qoladi. Aralashmani pishiriq qopchasiga solamiz va pergament qog'oz ustiga bezesimon shaklchalar chiqarib olamiz. Zefirni 24 soat xona haroratida qoldiramiz. Bu muddat ichida zefirlar qotib, ustida shakar donachalari paydo bo'ladi. So'ng tayyor zefirlarni bir-biriga yopishtiramiz va shakar upasiga belab olamiz.
@Pazandachilik Kanalga a'zo bolish
Yoqimli ishtaha!
Manba Zira uz

Телеграм | Инстаграм