Get Mystery Box with random crypto!

«Kulinar» dan kievcha kotletlar  Masalliqlar: @Pazandachili | @Pazandachilik

«Kulinar» dan kievcha kotletlar

 Masalliqlar:

@Pazandachilik Kanalga a'zo bolish
1 ta "Kulinar" dan kievcha kotletlar
150-200 gramm o'simlik yog'i 

GARNIR UCHUN
300 gramm uzunchoq guruch
150 millilitr suv
150 gramm har xil rangli bulg'or qalampiri
50 gramm konservalangan makkajo'xori
100 millilitr o'simlik yog'i

Tayyorlanishi

@Pazandachilik Kanalga a'zo bolish
Tovada o'simlik yog'ini qizdiramiz. Kotletlarni eritmasdan, yog'da ikki taraflama qizarguniga qadar qovurib olamiz. Gaz pechi patnisini pergament qog'ozi yoki folga bilan qoplab, kotletlarni joylashtiramiz. 180 C darajada qizdirilgan gaz pechiga 10-12 daqiqaga yuboramiz.
Garnir tayyorlaymiz
Tovada 50 millilitr o'simlik yog'ini qizdirib, unga yuvilgan guruchni solamiz va 1-2 daqiqa aralashtirib turgan holda qovuramiz. Guruchga suv solib, suv qaynab chiqqanidan so'ng tova qopqog'ini yopib, 7 daqiqa past olovda pishiramiz. Tayyor bo'lgan guruchni boshqa idishga olamiz. Tovaga 50 millilitr o'simlik yog'ini quyib, o'rtacha olovda bulg'or qalampirini qovuramiz. 2 daqiqa aralashtirib turgan holda qovuramiz.
Makkajo'xorini solib, yana 1 daqiqa qovuramiz. Ta'bga qarab tuz va murch solamiz. Sabzavotlar qovurilayotgan tovaga guruchni solib, yaxshilab aralashtirib, olovdan olamiz. Garnir tayyor. Kotletlarni issiq garnir bilan birga dasturxonga tortamiz.

@Pazandachilik Kanalga a'zo bolish
Yoqimli ishtaha!
Manba Zira uz

Телеграм | Инстаграм