Get Mystery Box with random crypto!

Go’shtli rasstegaylar  Masalliqlar: @Pazandachilik Kanalg | @Pazandachilik

Go’shtli rasstegaylar

 Masalliqlar:

@Pazandachilik Kanalga a'zo bolish
550 gramm un
200 millilitr suv
80 gramm maselkadan "Konditer premium" margarini
2 ta tuxum
25 gramm shakar
10 gramm quruq xamirturush tuz

ASOSIGA:
500 gramm mol go'shtidan qiyma
200 gramm piyoz
80 gramm eritilgan sariyog'
yarim bog' shivit
100 gramm marinadlangan bodring
ta'bga qarab tuz va murch
ustiga surtish uchun 1 osh qoshiq +tuxum sarig'i
ustiga sepish uchun kunjut

Tayyorlanishi

@Pazandachilik Kanalga a'zo bolish
Tog'orachaga un, tuz, shakar va xamirturushni solib, aralashtirib olamiz. So'ng tuxum, eritilgan sariyog' va iliq suvni solib, yumshoqina xamir qorib olamiz. Xamirning ustini yopib, bir soatga iliq joyga olib qo'yamiz. Xamir oshib chiqqandan so'ng, yana bir marta mushtlab olamiz va tindirib qo'yamiz. Tovaga sariyog'ni solib eritamiz va to'g'ralgan piyozni solib qovurib olamiz. So'ng qiymani solib, 5-7 daqiqa davomida qovurib olamiz. Marinadlangan bodring va shivitni to'g'rab olamiz va qiyma ustidan solamiz. Tuz va murch sepib aralashtirib olamiz. Tingan xamirni olib, 12-14 bo'lakka bo'lamiz. Har birini 8-10 sm kattalikda yoyib olamiz. Ichiga qiymadan solib, tugib chiqamiz. O'rtasini 1,5-2 sm ochiq joy qoldiramiz. Pergament qog'oz to'shalgan patnisga terib chiqamiz. 15 daqiqaga qoldiramiz. Ustiga tuxum sarig'i surtib, kunjutdan sepamiz. 180 C darajaga qo'yib, 30 daqiqa davomida pishirib olamiz.
@Pazandachilik Kanalga a'zo bolish
Yoqimli ishtaha!
Manba Zira uz

Телеграм | Инстаграм