Get Mystery Box with random crypto!

Ajoyib Yangi Yil shirinligi Kerakli masalliqlar: 2 | PAZANDA BEKALAR

Ajoyib Yangi Yil shirinligi

Kerakli masalliqlar:
2 pachka "Yubileynoe" pechenyesi
2 ta banan
3 osh qoshiq kakao
200 g tvorog
3-4 osh qoshiq asal
4-5 ta apelsin

Tayyorlanishi:

Pechenyelarni blenderda yaxshilab maydalaymiz. Bananni ham blender yordamida ezib olamiz. Ikkalasini bitta idishga solib yana 3 osh qoshiq kakaoni ham solib yumshoqroq xamir holatiga keltiramiz.
Massani videoda ko'rsatilganidek bir tekis qilib pergament qog'ozga yoyib olamiz.
Tvorogga asal qo'shib uni ham blenderda ezib bir xil massa qilib krem tayyorlaymiz. Yoyilgan xamir ustiga kremni surib ustidan po'sti olingan apelsinlarni qator terib videodagidek qilib o'rab olamiz. Qo'limiz bilan tekislab pergament qog'ozga o'rab muzxonaga 1 soatga qo'yamiz. Olib chiroyli bezatib kesib dasturxonga tortamiz

Yoqimli ishtaha