Get Mystery Box with random crypto!

Doim òxshab chiqadigan mazali keks Masalliqlar: • Tuxum - 3 | ꧁👩🏻‍🍳 𝐎𝐒𝐇𝐗𝐎𝐍𝐀 👩🏻‍🍳꧂

Doim òxshab chiqadigan mazali keks

Masalliqlar:
• Tuxum - 3 ta
• Qatiq - 250 ml.
• Shakar - 200 gr.
• Un - 325 gr.
• Yumshatgich(razrixritel) - 15 gr.
• Oʻsimlik yogʻi - 160 ml.

Karamel uchun:
• Shakar - 250 gr.
• Saryogʻ - 6 osh.q
• Qaymoq (33%) - 125 ml

Tayyorlanishi:
- Idishga tuxumni solib koʻpirtiramiz, ustidan shakarni solib oppoq boʻlguncha koʻpirtiramiz. Ustidan oʻsimlik yogʻi, iliq qatiq, yumshatgich va unni solib yaxshilab aralashtiramiz
- Qolipga avval saryoʻgʻ surtib ustidan un sepamiz va xamirni quyamiz
- Qizdirilgan duxovkaga 180°С ga 50 minutga tepa pastini yoqib oʻrtasiga qoʻyamiz
- Keksni pishganini choʻpcha suqib bilamiz. Quruq boʻlsa demak pishgan. Duxovkadan olib sovutib, qolipdan olamiz. Ustidan karamelni yoki xohishga koʻra yongʻoqlar bilan bezashingiz mumkin. Yoqimli ishtaha!


Яқинларизга хам улашинг

✿•┈┈┈┈┈••ৡ ৡ•┈┈┈┈┈•✿

Yaqinlarizga ham yuboring
@Pazanda @Kelinchak