Get Mystery Box with random crypto!

Allohning marhamati... Bugun o‘zimda bor bo‘lgan narsalarga t | ✨Qalbimda Islom✨Uyda qoling!

Allohning marhamati...

Bugun o‘zimda bor bo‘lgan narsalarga tafakkur bilan razm solib ,fikr yuritib ko‘rdim.Men oddiy bir holdek ko‘rayotgan, odatiy hayot tarzimga aylangan voqeiliklarga e‘tiborimni qaratdim.Bu narsalarni qachondir duo qilib so‘raganimni, yig‘lab ,,meni ham shundan nasibador qil" -deganlarimni esladim.Hatto 1yil, 6 oy, 1oy oldin bularning amalga oshishi men uchun mushkul bir ishdek, ulkan baxtdek bo‘lgan.Allohga tavakkal qilib, chiroyli gumonda bo‘lgandim.Robbim bularni sekinlikda, birin-ketin hikmati bilan biram go‘zal tarzda hayotimga kiritibdiki,bosqichma-bosqich amalga oshgani uchun o‘sha men so‘ragan natija ko‘zimga oddiy bir holdek ko‘rinibdi.Demoqchimanki, biz o‘zimiz bilgan,shukur aytayotgan ne‘matlarimiz qanchayu, yana bilmaganlarimiz qancha?! Duo bor ekan, imkonsiz narsa yo‘q! Duo bilan nasibimiz go‘zallashadi.Allohning marhamati bilan o‘lik qalblar tiriladi.

Allohim O‘zingga hamd-u sano bo‘lsin...biz bilgan va bilmagan ne‘matlaring bilan!
Allohim o‘zingga hamd-u sano bo‘lsin...biz bilgan va bilmagan sifatlaring bilan!

Kanalimizga obuna boling


@Paygambarimizni_soginganlar