Get Mystery Box with random crypto!

O'tib ketti yana bir kuz, esladingmi sevgimizni Yangi hayot bo | Patrik_Djeyn🤍

O'tib ketti yana bir kuz, esladingmi sevgimizni
Yangi hayot boshlaymiz deb shimirganmiz yengimizni
Afsus olib ketdi yana sen tomonga bu hayol
Afsus yana holatimni qog'ozga qildim bayon

Balki derazang ostida bugun boshqasi turar
Balki ko'ksingdagi yurak endi u uchun urar
Sendan kegin hayotimga kirdi qancha sulular
Lekin yuragimga ega chiqa olmadi ular

Sevaman deb ko'p aytdim, aldadim faqat o'zimni
Balki shu sababli aloqa ular bilan tez uzildi
Yurak seni qumsadi, ular kerakmas dedi
Men esa yurakka dedim u meniki emas endi

Kelib bu yurakni o'zing sensizlikka ko'ndirgin
Necha yillar so'nmagan sevginixam so'ndirgin
Mayli roziman sochlaring tuyg'ularga dor bo'lsin
Men mag'rur tursam bo'lgani muhabbatim hor bo'lsin