Get Mystery Box with random crypto!

​​ Leykotsitlarning soni qachon o'zgarishi haqida... Neytr | Patologiya.uz

​​ Leykotsitlarning soni qachon o'zgarishi haqida...

Neytrofillar:
Ko'payadi: Yallig'lanish, stress, bakterial infeksiya va kuyish vaqtida.
Kamayadi: Radiatsiya ta'sirida, ma'lum dorilardan zaharlanish, Vit B12 defitsiti, sistemali qizil bo'richada.

Eozinofillar:
Ko'payadi: Allergik, autoimmun va parasitik kasalliklarda.
Kamayadi: o'tkir allergik reaksiya vaqtida, stress va dorilardan zaharlanishda.

Bazofillar:
Ko'payadi: Allergiya, leykemiya, o'sma, gipotiroidizmning ma'lum davrida.
Kamayadi: homiladorlik, ovulatsiya, stress va gipotiroidizmning ma'lum davrida.

Limfotsitlar:
Ko'p: virusli infeksiyalar, ba'zi leykemiyalarda, infeksiyali mononukleozlarda.
Kam: Surunkali kasalliklar, OIV, immunosupressiyada, kortizol bilan davolashda.

Monotsitlar:
Ko'p: Virus va zamburug'li infeksiyalarda, tuberkuloz.
Kam: qizil suyak ko'migi supressiya qilinganda va kartizol bilan davolaganda.

Alpha Crew Med

@PATFIZIOLOGIYA