Get Mystery Box with random crypto!

Pastdargʻom Bir ajoyib gulzor va fayzga boy, Gullarga bezang | PastDarg'omliklar_24 🇺🇿

Pastdargʻom

Bir ajoyib gulzor va fayzga boy,
Gullarga bezangan koʻchalarga boy.
Tunda charogʻondir osmonida oy,
Shunday jannatmakon Pastdargʻomim bor!

Insonlar mehribon dardlarga darmon,
Bu elni bilmagan dillarga armon.
Dehqonlar koʻtarar tonnalab xirmon,
Shundayin betakror Pastdargʻom elim!

Ariqda suvlari toʻlib oqadi,
Goʻzal bogʻ-rogʻlari dilga yoqadi.
Dunyo ahli hayrat ila boqadi,
Jannatga qiyosim Pastdargʻomim bor!

Kamoliddin SAMARQANDIY