Get Mystery Box with random crypto!

Xalqimizda tozalik, ozodalik bor joyda baraka bo‘ladi, degan g | PastDarg‘omliklar 24

Xalqimizda tozalik, ozodalik bor joyda baraka bo‘ladi, degan gap bor. Yashab turgan maskanimizni obod saqlash o‘zimizning qo‘limizda buning uchun barchamiz birgalikda kurashishimiz zarur.

Bugun Pastdarg‘om tumani hokimi Vahobjon Murodqobilov mas’ullar bilan birgalikda hududlarda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlarining bugungi holati bilan taninish maqsadida joylarda bo‘ldi.

O‘rganish davomida fuqarolar bilan uchrashuvlar o‘tkazib, ko‘chalar va guzarlarni ozoda saqlash barchamizning fuqarolik burchimiz ekanligi, o‘zimiz yashayotgan, faoliyat olib borayotgan binolar oldini toza-ozoda saqlashimiz, chiqindilar tashlamasligimiz, ifloslantirishdan o‘zimizni tiyishimiz zarurligi tushuntirildi.

Tuman hokimi o‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklarni qisqa fursatda bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga topshiriq berdi.

ПастДарғомликлар каналига обуна булинг!

https://t.me/+PPfpeLSoP_1hM2Zi