Get Mystery Box with random crypto!

Bugun Pastdarg‘om tumani hokimligida joriy yilning 11-aprel ku | PastDarg‘omliklar 24

Bugun Pastdarg‘om tumani hokimligida joriy yilning 11-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar siyosati sohasidagi ishlar natijadorligini oshirish hamda ular bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi. Unda Respublika ishchi guruhi mas’ullari, tuman sektor va tegishli tashkilot rahbarlari hamda mahallalardagi yoshlar yetakchilari ishtirok etdi.

Unda ishchi guruhi vakillari tomonidan Prezidentimizning videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlarini tumandagi ijrosi muhokama etilib, mahallalarda aniqlangan muammoli yoshlarning masalasini hal etish bo‘yicha manzilli chora-tadbirlar ishlab chiqish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Ma’lumot uchun, bugun tumanda 14 yoshdan 30 gacha bo‘lgan yoshlar 95 ming 186 nafarni tashkil etadi.

ПастДарғомликлар каналига обуна булинг!

https://t.me/+PPfpeLSoP_1hM2Zi