Get Mystery Box with random crypto!

Mahallalar chegaralarini aniqlash bo‘yicha topshiriq ijrosi mu | PastDarg‘omliklar 24

Mahallalar chegaralarini aniqlash bo‘yicha topshiriq ijrosi muhokama etildi

Joriy yilning 19-yanvar kuni Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumani hokimligida shahar va tuman hokimlarining maslahatchilari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-iyuldagi 117-sonli Rayosat majlisi bayoni ijrosi yuzasidan hududdagi mavjud mahallalarning chegaralarini belgilash, ko‘chalarni toifalarga (ko‘cha, shoh ko‘cha, tor ko‘cha, berk ko‘cha) ajratish va ko‘chalarning nomlari ko‘rsatilgan sxematik xaritalarini tayyorlash, uylarni raqamlashtirish ishlarini yakunlash hamda xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarining qarori bilan tasdiqlash, shuningdek, sxematik xaritalarni hududdagi har bir mahalla idorasiga joylashtirish bo‘yicha olib borilgan ishlar yakuni sarhisob qilindi.

ПастДарғомликлар каналига обуна булинг!

https://t.me/+PPfpeLSoP_1hM2Zi