Get Mystery Box with random crypto!

Xalqimizda yo‘l qurgan savob degan gap bor. Bugun Pastdarg‘omd | PastDarg'om Live 🔴 Расмий канал

Xalqimizda yo‘l qurgan savob degan gap bor. Bugun Pastdarg‘omda ko‘plab xayirli ishlar amalga oshirilmoqda bir mahallada asfalt yotqizish ishlari olib borilayotgan bo‘lsa, boshqa bir mahallaning ichki tuproq yo‘llari shag‘al-toshga aylantirilmoqda.

Jumladan, tumanning Gumbaz mahallasining 560 metrlik ichki tuproq yo‘llariga asfalt yotqizilmoqda. Tuman hokimi Vahobjon Murodqobilov ushbu mahallada bo‘lib, yo‘lni asfaltlash jarayonlari bilan tanishdi. Tashrif davomida mahallada istiqomad qiluvchi nuroniy otaxonlar bilan uchrashdi. Keksalarimiz yurtimizda, shu jumladan tumanimizda olib borilayotgan qurilish bunyodkorlik ishlaridan mamnun, ular mana shunday xayrli ishlar bardavom bo‘lishini Yaratgandan so‘rab, qo‘llarini duoga ochishdi.


@Pastdargom_live — Самарқанддаги энг тезкор ва махфий янгиликлар канали!