Get Mystery Box with random crypto!

​ Past Darg‘omlik 'Birgad bobo'ning 'otmishdan hikoya'lari' ' | Past Darg‘omliklar 24 Расмий канали

Past Darg‘omlik "Birgad bobo"ning "otmishdan hikoya"lari"
"Keksalar haftaligi" doirasida fidoyi mehnatlari bilan obro`-e`tibor topgan otaxon-u onaxonlar huzurida bo`lib, ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarga munosabati bilan qiziqdik.

- 30 yil brigadir bo`lib, paxtachi­likning "tili"ni tushunib qolganman, - dedi Xonchorbog` mahallasilik usta dehqon Yusuf bobo Abdusattorov. - Birovlar bu yil g`alla, paxtaning yili keldi, deyishadi. To`g`ri, bu gapda ham "jon bor", ammo hamma gap mehnatda. Ter to`kib mehnat qil­ma­sangiz, jon koyitmasangiz, yilning yaxshi kelishidan natija yo`q.

Masalan, ilgari qishloq xo`jaligida texnika yetishmasdi. Hozir har bir fermerda kami 4-5 ta texnika bor. Paxta terim mavsumida ko`pchilik majburan qatnashardi.

Zimmamdagi 105 gektar yerdan paxta rejasi bajarilguncha necha bir rahbardan so`kish eshitganman. Paxta terimi mavsumida to`ylar ham to`xtatilardi. Hatto o`sha paytlar yo`ldan o`tayotgan mashinalardagi yo`lovchilarni ham paxta terishga majbur qilingan. Talabalar va hatto o`quvchilar ham mavsumda ishtirok etishi shart edi. Reja bajarilmasa, dekabr oylari qorda ham ko`rak terilardi. Shu davrlarda paxtaning kilosiga arzimagan 5-10 tiyin to`lanardi. Bir kilogramm paxta terib 1500 so`m pul olish hech kimning tushiga ham kirmagan. Xudoga shukur, qiyinchilik davrlar ortda qoldi. Hozir mehnat qilgan kam bo`lmayapti. Ha, mehnatkash fermerlar uchun bu yil yana bir imkoniyat bo`ldi. G`alla hosilini shartnoma rejasidan ortiqchasini birja orqali o`zlari sotadigan bo`lishdi. Bu ham davlatimizning qishloq xo`jaligi sohasida mehnat qilayotgan zahmatkashlarga qaratilayotgan e`tibor ifodasi.

Mehnatda toblangan xonchorbog`lik Yusuf bobo bugun nafaqada, turmush o`rtog`i Ziynagul momo Aliyeva bilan qarilik gashtini surayapti. Ular qariyb yarim asrdan buyon bir-birlariga yelkadosh bo`lib, 5 nafar farzandni tarbiyalab voyaga yetkazdi. Farovon hayotga shukronalik bilan 20 nafar nevaralar qurshovida umrguzaronlik qilishmoqda.

Tushlik mahali "birgad bobo"ning ana shunday "o`tmishdan hikoya"larini eshitishdan erinmagan hasharchilar bugungi kunga yetkazganiga shukrona bildirib, egatlar oralab sochilgan rizqni yig`ishtirishga bel bog`lashadi...

Gulposhsha ESHQOBILOVA.

Firdavs ABDUJABBOROV olgan surat.


Бизга уланиш

@Pastdargom_24