Get Mystery Box with random crypto!

QORAQALPOQ-2 QISHLOG‘IDA TAYANCH USTUNLARI O‘RNATILMOQDA Pa | Past Darg‘omliklar 24 Расмий канали

QORAQALPOQ-2 QISHLOG‘IDA TAYANCH USTUNLARI O‘RNATILMOQDA

Pastdarg‘om tumanidagi Boldir mahalla fuqarolar yig‘iniga qarashli Qoraqalpoq-1, Qoraqalpoq-2, Boldir hamda Xo‘ja qishloqlarida elektr energiyasi ta’minotini yanada yaxshilash maqsadida amaliy ishlar olib borilmoqda.

Hozirda tuman elektr ta’minoti korxonasi xodimlari tomonidan Qoraqalpoq-2 qishlog‘idagi “Siyovush” fideridan elektr energiyasi bilan ta’minlanuvchi 2829-transformator punktidan chiquvchi elektr uzatish tarmog‘iga temir beton ustunlari o‘rnatish ishlarini olib borilmoqda.

Ta’kidlash joizki, Boldir mahalla fuqarolar yig‘ini hududida 560 dona temir beton ustunlari va qo‘shimcha transformator punkti o‘rnatish, 39 km. uzunlikda elektr uzatish tarmog‘ini yangidan qurish belgilangan.

Бизга уланиш

@Pastdargom_24