Get Mystery Box with random crypto!

Past Darg‘om tumanidagi Qo‘qoni, Yangi O‘zbekiston va Qo‘shchi | Past Darg‘omliklar 24 Расмий канали

Past Darg‘om tumanidagi Qo‘qoni, Yangi O‘zbekiston va Qo‘shchinor mahallalarida birlamchi tibbiy xizmat ko‘rsatish punktlari o‘z ishini boshladi.

Mamlakatimiz rahbarining tibbiyot xodimlari bilan o‘tkazgan ochiq muloqotidan so‘ng belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida tumanimizning eng olis hududlarida mahalla tibbiy punktlari tashkil etilib kelinmoqda. Bugun 3 ta shunday tibbiyot punktlarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur islohotlar natijasida olis hududdagi mahallalar aholisiga o‘z vaqtida kerakli birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish imkoni yaratildi. Tadbirda Pastdarg‘om tumani hokimi o‘rinbosari D.Mamatqulov, tuman tibbiy birlashmasi rahbari D.Kamolova va mahalla ahli ishtirok etdi.

Бизга уланиш

@Pastdargom_24