Get Mystery Box with random crypto!

Past Darg‘om tuman elektr ta’minoti korxonasi ma’lum qiladi! | Past Darg‘omliklar 24 Расмий канали

Past Darg‘om tuman elektr ta’minoti korxonasi ma’lum qiladi!

Bugun soat 10:00 dan 17:00 ga qadar “Taraqqiyot” podstansiyasining T-1 transformatorida rejali texnik tekshiruv va ta’mirlash ishlari olib borilishi ko‘zda tutilgan.

Shu sababli ko‘rsatilgan vaqt oralig‘ida tumanning Elbek, Xonchorbog‘, To‘rttom, Navbahor, Mehnat, Parchaqora, Yangi avlod, Ilm va Sanchiqul mahallalarida elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar kuzatilishi mumkin.

Tuman elektr taʼminoti korxonasi maʼmuriyati ushbu noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr so‘raydi.

Бизга уланиш

@Pastdargom_24