Get Mystery Box with random crypto!

#mol_mulk_va_yer_soligi 15-oktabr – jismoniy shaxslar uchun m | Past Darg‘omliklar 24 Расмий канали

#mol_mulk_va_yer_soligi

15-oktabr – jismoniy shaxslar uchun mol-mulk va yer solig‘ini to‘lashning oxirgi kuni

Soliq kodeksining 423- va 440- moddalariga muvofiq, jismoniy shaxslar mol-mulk va yer solig‘ini 15-aprel va 15-oktabrga qadar teng ulushlarda to‘lashi lozim.

Mol-mulk va yer solig‘ini Soliq mobil ilovasi orqali, shuningdek soliq organi yoki bank bo‘limlariga borgan holda to‘lash mumkin.

Soliq mobil ilovasi orqali to‘lovni amalga oshirishda:

ilovadan "Soliqlarni to‘lash" bo‘limi tanlanadi;
ochilgan oynaga soliq to‘lovchi jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (
JShShIR) kiritiladi;
jami qarzdorlik va joriy yil uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan soliqlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar shakllanadi;
"Davom etish" tugmasi bosilganda ilovaga biriktirilgan bank kartasidan belgilangan soliq summasi yechiladi.

Jismoniy shaxslar my.soliq.uz dagi shaxsiy kabinetga ERI orqali kirib "JShlarning solishtirma dalolatnomalari" bo‘limidan hisoblangan, to‘langan va mavjud soliq qarzdorligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olishi mumkin.

soliq.uz saytidan o‘z hududingizdagi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar uchun belgilangan soliq stavkalarini oson aniqlang.