Get Mystery Box with random crypto!

Parvoz Et

Telegram kanalining logotibi parvozeet — Parvoz Et P
Telegram kanalining logotibi parvozeet — Parvoz Et
Kanal manzili: @parvozeet
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 115
Kanalning ta’rifi

🌚Канал создан:14.05.2022
🌝Все будет хорошо...

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-08-28 10:48:17
#plagiat

Bugun soat 10:00 da kanalga tashlangan post o’g’irlandi. So’ralgani ham yo’q. So’zma-so’z ko’chirilgan. Mualliflik huquqlariga tupurgan holda.

Parvoz Et
91 viewsHumoyun Norbekov, 07:48
Ochish/sharhlash
2022-08-28 08:02:07 Tibbiyot oliygohiga (xususan TTA) ga o’qishga kirganlarga maslahat

Avvalo Sen toshkent tibbiyot akadeniyasiga talabalikka tavsiya etilganing uchun hamdardman

Endi asosiy qism

1-kun Sen Toshkent Tibbiyot Akademiyasiga borishing kerak. Dastavval qayerdaligingni aniqlaymiz. Tasavvur qil sen Tashkent cityda yashaysan (qaytaraman faqat tasavvur qil). Mayk Tayson bilan 1 ta padezda qarama-qarshi uyda yashaysan ( garchi bu faqat reklama uchun bo’lsada). Xullas mavzudan uzoqlashib ketdik. Sen Toshkent citydan TTAga borishing kerak. Buning eng qulay yo’li Yandex taxi xizmati lekin ancha qimmat. Lekin sen unchalik ham ko’p pul sarflashing kerak emas chunki jonajon O’zbekistonimizda Metro va avtubus degan narsalar bor. Sen Tashkent Cityga eng yaqin metro bekatini qidirasan. Bu Xalqlar do’stligi bekati. Bu bekatga Tashkent city tarafdan kelganingda Eskalatorli tomonidan tushasan. 1-marta tushishing bo’lsa extiyot bo’lganing yaxshi. Metroga tushish uchun bilet 1400. Shunday qilib sen METRODASAN. Metro orqali Xalqlar do’stligidan Beruniygacha borishing kerak. Buning uchun Xalqlar do’stligidan Paxtakorga, Paxtakordan O’zbekiston yo’lining Alisher Navoiy bekatiga o’tishing kerak bo’ladi. Alisher Navoiydan G’ofur G’ulom Chorsu Tinchlik bekatlari orqali Beruniydasan. Beruniyda poezddan tushasan va avval o’ngga keyin esa chapga va yana o’ngga yurib chiqasan. Metrodan chiqishing bilan “TashMI klinikaArabMedkollej” deb turgan taxi haydovchilariga ko’zing tushadi. Ular 5000 ularga Arab yoki Med kollej deb chiqasan agar shoshilayotgan bo’lsang yo’ldan to’xtatib chiqganing yaxshi. Hamma narsani arzoni yaxshi deganday buni ham arzon yo’li bor. Boya aytganimday AVTOBUS. Lekin avtobusda yurishni maslahat bermayman( ayniqsa qizlarga). Narxi 1400. Baribir, qaysi Avtubuslar borishini bilib qo’ygan yaxshi. Bular: 28 34 116-avtobuslar. 34-avtobus ni maslahat bergan bo’lardim. U kichik avtobus odam uncha tiqilinch bo’lmaydi. Lekin u seni o’qish joyingni oldidan o’tmaydi Медгородок bozorchani yonidan o’tadi (sen aynan o’sha joyda tushib qolishing kerak). Lekin, agar o’qish ASOSIY binoga ko’chgan bo’lsa( ya’ni yotoqxonada o’qitish to’xtatilgan bo’lsa) 34 yaxshi variant emas undan tushgandan keyin yana 20 daqiqacha piyoda yurishga to’g’ri keladi. Xullas sen vanixoyat TTA ga yetib kelding. Agar hali ham yotoqxonada dars o’tiladigan bo’lsa sen buni ko’rganingda xafsalang pir bo’lishi aniq. Agar asosiy binoda o’qish boshlangan bo’lsa…. ( bu qanday bo’lishini o’zim ham bilmayman). Kelishingdan avval o’zing bilan oq med halat va oq kalpachok olishni aytmabman. Endi ertangi kunlardan olib kelasan. 1-kundan hech kim halat-kalpachok deb mazgi qilmaydi. Baribir 1-hafta tanishtiruv haftasi bo’ladi. Muhimi QO’RQMA. Hamma senga o’xshagan odam. Hatto TTA da ham o’zga sayyoraliklar yo’q. Sal kam o’zga sayyoraliklar bo’lishi mumkin boshqa tibbiyot oliygohlarida lekin TTA da hamma oddiy odam. Xullas darslaring boshlandi ustoz bilan tanish, tematikani olish esdan chimasin, 1- darsda vazifa qilib bormasliging tabiiy xol ammo 2-darsga 1-darsni qilib borsang(maktabdagiday) TAMOM TTA haqida mendanda batafsil ma’lumot beradigan va sen Kim ekanliging, qanday DARGOHDA tahsil olishing haqida leksiya tinglaysan. 2-darsga tematikadagi 2-mavzuni tayyorlab bor. Rasm chizish va ko’p yozib zerikmaslik qobiliyati senga ancha qo’l keladi. Ustozlarning ko’ziga yaxshi ko’rinishga harakat qil, bu kelajagingni hal qilishi mumkin. Kursdoshlaring bilan xushchaqchaq bo’l bu yordam beradigan faktor. Tanaffusda kalpachogingni yechib yur, seni 1-kurs ekanligingni hamma bilishi shart emas. Birinchi kun 3 yoki 4 para o’qiysan va boya kelgan yo’nalishingdan uyga qaytasan. Tashkent citydagi uyingda mazza qilib dam olasan va ertadan yana o’qish.

Eng arzon yo’lini qiladigan bo’lsang ham sen 2 marta Avtobusga chiqasan va 2 marta Metroga tushasan shunday qilib 5600 so’m bo’ladi. 5600 bir kunga yetadi degan akaga ASSALOMU ALAYKUM.

Yana yozay desam 1 ta postga sig’mas ekan bo’masa davom etardik batafsilroq. Savollar bo’lsa commentda

Parvoz Et
497 viewsHumoyun Norbekov, 05:02
Ochish/sharhlash
2022-08-28 00:50:25 @Javokhir_Bosimov
Shubola grandga kirgan lekin choy bermasdan qochib yuribdi

O’qishga kirdingmi choy berasan deb yozvoringlar annaylar

Parvoz Et
286 viewsHumoyun Norbekov, 21:50
Ochish/sharhlash
2022-08-27 21:47:08 Aytganday mandat chiqdi

Tabriklayman!!

99 viewsHumoyun Norbekov, 18:47
Ochish/sharhlash
2022-08-27 21:46:18 #masalan

Аёл аёл экани учунгина тириклайин кўмилар экан, уни ўша гўрдан чиқариб олиб, оёқлари остида жаннат барпо қила олган диннинг номидир-Ислом!

Др. Аброр Мухтор Алий
92 viewsHumoyun Norbekov, 18:46
Ochish/sharhlash
2022-08-27 20:13:19 Bir o'zimga kerakmas,Kam qilmagin Ollohim hammani.
83 viewsXoliqulov_ Sheroz, 17:13
Ochish/sharhlash
2022-08-27 19:25:23 #Tafovut

Allohning panohidagi odamdan baxtlirog'ini bilmayman.
Alloh o'z holiga tashlab qo'ygan odamdan xarobrog'ini bilmayman....
78 viewsAsadbek Norbekov, 16:25
Ochish/sharhlash