Get Mystery Box with random crypto!

Erim bilan ajrashayapman, o'rtamizda ikki nafar farzandimiz bo | PILOSOP | PARUK PILO | ONGLILIK

Erim bilan ajrashayapman, o'rtamizda ikki nafar farzandimiz bor. Farzandlarim uchun erimdan uy talab qilsam boʻladimi?

Assalomu aleykum. Ozbekiston Respublikasi oila kodeksining 23-moddasiga kora agar turmush ortogingiz bilan nikoh davrida mol-mulk orttirgan bolsangiz, bunday mol-mulk er xotinning umumiy mulki hisoblanadi. Hamda mazkur mol-mulk er xotin arjashganda taraflar ortasida teng bolishi mumkin.

Agarda turmush ortogingiz bilan yashagan uyingiz nikohdan oldin olingan bolsa, yoki boshqa odamning nomida bolsa (misol uchun qaynona yoki qaynotangiz nomida), bunday vaziyatda siz ushbu uydan yashash uchun ulush olish huquqiga egasiz. Buning uchun siz fuqarolik ishlari boyicha yashash joyingizdagi sudga uy-joydan ulush ajratish togrida da’vo arzisi bilan murojaat qilishingiz mumkin.

Bundan tashqari, farzandlaringiz voyaga yetmagan bolsa, Oila kodeksi 96-moddasiga muvofiq farzandlaringiz voyaga yetgunga qadar turmush ortogingizdan aliment olishingiz mumkin. Bu ikki xil tartibda amalga oshiriladi. Agarda erigiz oz ixtiyori bilan aliment tolashga rozi bolsa, tuman FHDYO organi orali, aliment tolashga rozi bolmasa fuqarolik ishlari boyicha sudga murojaat qilish orqali undirishingiz mumkin.

Aliment undirish togrisdagi ishlar Ozbekiston Respublikasi Soliq kodeksi 329-moddasiga muvofiq davlat boji tolashdan ozod qilingan. Shuning uchun siz aliment undirish uchun da’vo arizasi yozganingizda davlat boji tolashingiz shart emas faqatgina pochta harajati toʻlaysiz.