Get Mystery Box with random crypto!

Bolaning pul bilan muomala qilishi Farzandingiz bilan do'kon | Parkent.uz | Rasmiy Kanal

Bolaning pul bilan muomala qilishi

Farzandingiz bilan do'kon aylanib yuribsiz. Shunda u sizdan narsa olib berishni so'rayaptimi? Aslo unga so'ragan narsasini olib bermang!

Qo'liga yetarli pulni berib, o'zi o'sha narsani borib olishini ayting. Bola pul bilan qanday muomala qilishni o'rganadi.

Siz vaziyatni yana-da murakkablashtirishingiz ham mumkin. Ya'ni, farzandingizga ehtiyoj bilan xohishning farqini tushuntirishingiz kerak bo'ladi.

"Sen rangli flomasterlar xohlayotgan eding. Hozir olmoqchi bo'lgan narsang bilan flomasterlarning narxi bir xil ekan. Men senga faqat bittasiga yetadigan pulni beraman. Sen qaysi birini sotib olishni ko'proq foydali deb o'ylaysan?", deb so'rang.

Bola fikr yuritishni boshlaydi. O'zi mustaqil qaror chiqarishni o'rganadi. Tanlagan qarorining javobgarligini ham his qiladi. Pulning qiymati haqida oz bo'lsa-da tushunchaga ega bo'ladi. Shirinlikning puliga kerakli narsalar olish mumkinligi haqida o'ylay boshlaydi. Bu esa bolaga pulni o'z o'rnida sarflashni o'rgatadi.