Get Mystery Box with random crypto!

​#AYOL • Ayol qahva kabidir: - pishgunicha achchiq boʻladi, | Parcha

​#AYOL

• Ayol qahva kabidir:
- pishgunicha achchiq boʻladi, pishgandan soʻng huzur beradi.

• Ayol bola kabidir:
- boshida gapirishini juda xohlaysan, keyin qachon jim boʻlishini kutib yashaysan.

• Ayol dengiz kabidir:
- qachon sokin boʻlishini va qachon toʻfon koʻtarilishini bilmaysan.

• Ayol topishmoq kabidir:
- javobini topguningcha jigʻibiyron boʻlasan, topganingda esa juda oson ekanini bilib kulib qoʻyasan.

• Ayol koka-kola kabidir:
- zarari borligini bilasanu, lekin tark etolmaysan.

• Ayol termost kabidir:
- Har qanday eski muammoni qaynoq holda tutib tura oladi.

• Ayol mushuk kabidir:
- oʻzi muloyim boʻladi, ammo tirnogʻi oʻtkir!

• Ayol gul kabidir:
- eʼtibor berganing sari goʻzallashadi, eʼtibor susaysa soʻladi...

@Parcha