Get Mystery Box with random crypto!

Behbudiyga bag‘ishlangan “Samarqanddan maktub” ko‘rgazmasi 18 | Paramadaniy 📣

Behbudiyga bag‘ishlangan “Samarqanddan maktub” ko‘rgazmasi

18-23 avgust kunlari O‘zbekiston Tasviriy san’at galereyasida (“Mustaqillik maydoni” metro bekati) bo’lib o’tadigan ko‘rgazmaga tashrif buyurishni tavsiya etaman. Ochilish 18-kuni, 17:00 da

Ko’rgazmada Turkistonda jadidchilikning birinchi vakili Mahmudxo’ja Behbudiyning g‘oyalari bilan tanishish imkoniyati bo’ladi. Ekspozitsiya turli gazeta va jurnallarda, jumladan, “Oyina” jurnalida chop etilgan maqola va xatlar asosida tashkil etilgan

Bizga o‘tmish u bilan faxrlanish uchun emas, balki xulosa chiqarish uchun kerak. Shu ma’noda jadidlar g‘oyalari hamon o‘z dolzarbligini yo‘qotgani yo‘q

@paramadaniy