Get Mystery Box with random crypto!

Eksport haqida qisqacha Biz xomashyo va tovarlar eksporti haq | Paramadaniy 📣

Eksport haqida qisqacha

Biz xomashyo va tovarlar eksporti haqida ko‘p gapiramiz, madaniyat eksporti haqida esa juda kam. Faqat “bu ahamiyatsiz, tashqi savdoni madaniyat bilan taqqoslab bo'lmaydi”, deyishga shoshmang

Madaniyat mamlakat imidjiga ta'sir qilishi, imidj esa iqtisodiyotning drayveriga aylanishi mumkinligi haqida yozganman. Qolaversa, O‘zbekiston ko‘plab madaniy ekspansiyalar tufayli hozirgi holatiga kelgan. XIX asr oxiridagi rus madaniyati va SSSR parchalanganidan keyin Gʻarb madaniyatining taʼsirini eslash kifoya

Agar buni juda qo'pol tarzda soddalashtiradigan bo'lsak, bugungi kunda madaniyatdan ko'ra "och qolmaslik" muhimroq, ammo ertaga nima yeyishimizni aynan madaniyat hal qilishi mumkin desa bo’ladi

Qarangki rivojlangan davlatlar madaniyat eksporti uchun ko'p harakat qiladi. Xitoy uchun “yumshoq kuch” yoki Koreya uchun k-pop strategik jihatdan mudofaa yoki IT dan kam emasligi bejiz emas. Yevropa yetakchi davlatlarining butun dunyoda Gyote instituti, Fransiya madaniyat markazi, Shveytsariya hamkorlik byurosi, Britaniya Kengashi va shu kabi madaniy “shtab-kvartiralari” mavjud

Hunarmandlarimizning kamdan-kam xorijdagi ko‘rgazmalari yoki elchixonalarda o‘tkazilayotgan O‘zbekiston madaniyati kunlarining o‘zi yetarli emas. Ha, albatta, Madaniyat vazirligi bu borada qandaydir ishlarni amalga oshirmoqda. Ammo ko'pincha bu an'anaviy madaniyat bilan bog'liq. Aksincha ko’proq zamonaviy madaniyat eksport qilinishi kerak. Chunki aynan zamonaviy madaniyat mamlakat, xalq va uning qadriyatlari haqida ko'proq ma'lumot beradi

Chunki biz Britaniya madaniyati haqida o‘ylaganimizda, masalan, hunarmandlar va britaniya an’anaviy liboslar haqida emas, ularning estrada musiqasi, Benksi va Premyer-ligasi haqida o‘ylaymiz

Biz shu yo'nalishda harakat qilishimiz kerak — zamonaviy rassomlar, musiqachilar, dizaynerlar va boshqalarni yanada ko'proq qo'llab-quvvatlash juda muhim. Madaniyat vazirligiga badiiy kengash yoki ijod uchun litsenziyalar emas, alohida eksport bo‘limi kerak

@paramadaniy