Get Mystery Box with random crypto!

Bugun ertalab uyg'onganimda, o'lim haqida eshitdim va kunning | الجنة 𝑝𝑎𝑟𝑎𝑑𝑖𝑠𝑒

Bugun ertalab uyg'onganimda, o'lim haqida eshitdim va kunning hali yarmi kelmasidan, yaqinimning farzand kutayotganliklari haqida xabar topdim. Bu ikki xabarning har ikkisi ham Alloh tomonidan yozilgan. Qadarga nima yozilgan bo'lsa, shularni yashab kelmoqdamiz va yashashda davom etamiz, bir kuni esa hech bo'lmagandek unutilib ketamiz.
Allohning "Bo'l!" deyishi bilan jon chiqadi, bir vujudda esa jon paydo bo'ladi. Xoh, baland qasrda. xoh kulbada yashamaylik, biz yo'lovchilarning borar manzilimiz bir.
"Qayerda bo'lsangiz ham, hattoki mustahkam qal'alarda bo'lsangiz ham o'lim sizni topadir" (Niso surasi, 78-oyat).
Oyatlarda mujassam bo'lgan bu inkor etib bo'lmas haqiqatni ne qadar tez unutuvchilardanmiz...

Ikki xabarni eshitib, tafakkur qilishimga sababchi bo'lgan Allohimga hamd bo'lsin. O'zimni xatolarimni to'g'rilashda katta yordam bersin.