Get Mystery Box with random crypto!

Bir kun yo'ling yo'qotsang, Qayerdaman desang-u, hamma sukut s | الجنة 𝑝𝑎𝑟𝑎𝑑𝑖𝑠𝑒

Bir kun yo'ling yo'qotsang,
Qayerdaman desang-u, hamma sukut saqlasa,
Deraza oldidagi gullar so'lgan bo'lsa,
Hech bir shamol kemangni sohilga haydamasa,
Oyoqlaringda darmon qolmasa,
Qalbingda umid qolmasa,
Yordam so'rab yuborgan xatlaringga javob kelmasa,
Katta ko'chaning o'rtasida tuyqus yolg'iz qolsang,
Bahor pallasi ham quyosh ilita olmasa seni,
Yomg'irlar yolg'izligingni yuzingga solayotgan bo'lsa,
Damlangan choy suhbatingga hamroh bo'lmayotgan bo'lsa,
Qushlar yemayotgan bo'lsa bergan ushog'ingni,
Gullar yuzin o'girsa qo'ling uzatgan dam,
To'dasin yo'qotgan ko'chmanchi qush kabi mahzun qolganingda,
Boshing ham bo'lganda, yetim qolgan qizchadek,
Ko'zlaring to'lib, yig'lab yubormaslik uchun o'zing tutib turganingda...

Robbingga qayt!..

Robbing qalbingning yolg'izligini his ettirmaydi...