Get Mystery Box with random crypto!

Muammolarga ko’milib ketgan vaqting qayerga chopasan - Robbing | الجنة 𝑝𝑎𝑟𝑎𝑑𝑖𝑠𝑒

Muammolarga ko’milib ketgan vaqting qayerga chopasan - Robbingga…

Ruhan siqilgan vaqting kim tomon talpinib, qaysi quchoqqa zor bo’lasan - Onangning quchog’iga…

Ishdan tamoman bosh olib ketmoqchi bo’lganingda, kimning gaplari senga turtki bo’ladi - jamoangdagi Robbisini tanigan insonlarning…

Kimlarga qarab shukr qilishni o’rganasan - oilasini erta yo’qotganlarni, qorni och qolganda non topa olmay qiynalganlarga qarab…

Hotirjam joyni qidirib qolsang, qayerga shoshasan - uying tomonga…

Hayotda eng ko’p kimga ishonishni istaysan - maqsadi sari kurashib charchamaydigan, sinov bo’lsa yengilmaydigan, hech ham Robbisidan umidini uzmaganlarga…


Tilagim shuki:
• Muammoga ko’milishdan avval Robbingga qayt, ya’ni har lahza Unga yaqin bo’l, boshingga musibat kelganida emas;
• Onang hayotligida uning quchog’ini ko’p-ko’p his qil;
• Ishingni sevib bajarishni o’rgan, jamoadagilaringni qadrla. Shunda hech kimni gapi senga og’ir ta’sir qilmaydi;
• Alloh qo’lingdagi boringni olib qo’ymasidan avval, bariga shukr qilishni o’rgan;
• Ko’chadan baxtni, mehrni topa olmaysan. Shu sababli uyingga erta borishni, oilangni qadrlashni o’rgan;
• Hayotdagi yaqinlaringni yo’qotishdan oldin ularga vaqt ajratishni o’rgan, ularga vaqtingni ajratmasang, vaqt seni o’zi ulardan ajratadi. Ulardan nima kutayotgan bo’lsang, avval o’zing shunday bo’l. Ularni qo’llarini qo’yib yuborma-ki, sen tufayli Allohga muhabbat qo’ysinlar, yaxshi insonlar, maqsadi sari olg’a qadam tashlashda charchamaydigan insonlar borligiga ishonsinlar…