Get Mystery Box with random crypto!

Kelinlik libosini kiydirishni reja qilarkanman, kafan kiydirdi | الجنة 𝑝𝑎𝑟𝑎𝑑𝑖𝑠𝑒

Kelinlik libosini kiydirishni reja qilarkanman, kafan kiydirdim…

2023-yilning 28-aprelida to’yimiz bo’lishi kerak edi, nasib bo’lmadi. Inson oldindan his qiladiku go’yo, boshiga qandaydir musibat kelishini… Onamni tashqariga olib chiqdim va tezda unashtirilgan qizimning yoniga bordim. 2-3 kilometrlik yo’lni 10 daqiqada yugurib-yugurib bosib keldim. Men o’zim ham qanday kelganimni bilmay qoldim…

Men sizga aytib beraman, siz esa buni o’zingiz his qiling. Oyoq qo’lingiz bog’langan, joyingizdan tura olmayapsiz, ovqat yo’q, suv yo’q, nafas yo’q… Ya’ni men hozir shu ahvoldaman. Yurayotgan bir o’lik kabiman. Hislarimni yo’qotdim…

Biz bir-birimizni juda ham yaxshi ko’rar edik. U huddi nimanidir sezgandek aytgandi: “Emre, to’yimizni qila olmasak kerak”, men esa: “Nima bo’lsa bo’lsin, sen bilan birga bo’lishimizga hech narsa to’sqinlik qila olmaydi, to’yimiz bo’ladi”, degan edim. Bunday bo’lishini hatto o’ylamagandik ham…

Tilaganim shuki, Alloh jonlarini ilk ondayoq, ya’ni og’riq his ettirmasdan olgan bo’lsin…