Get Mystery Box with random crypto!

Hayot bizga eng katta darsni beradi. Shu qatorda insonlar ham. | الجنة 𝑝𝑎𝑟𝑎𝑑𝑖𝑠𝑒

Hayot bizga eng katta darsni beradi. Shu qatorda insonlar ham. Bu so'zlarni shunchaki kimgadir atalgan deya o'qishingizni xohlamayman, haqiqat aynan shunday deb qabul qilib, xulosa qilishingizni istardim.

Aslida bizni tushungandek ko'ringanlar, bizni tushunmaganini, tushunmagandek ko'ringanlar esa - haqiqatan ham bizning muammolarimiz bilan garchi yonimizda bo'lmasada, ortimizdan duolar qilganini ko'ramiz. Qiziq, shundaymi? Ba'zilar o'z manfaati uchun bizni ortda qoldirib yo'lda ketadilar, ba'zilar bizning manfaatimizni o'ylab ortga chekinadilar. Ba'zan seni birgina xatoying uchun butun umrga tark etishadi, ba'zan esa sening xatolaring ila yoningda uni tuzatish uchun qolishadi. Yo'l xaritangda noto'g'ri yo'lda yurasan ba'zan. Buni ko'rib yoki seni ustingdan kulishadi yoki sen bilan birga u yo'ldan birga yurishadi. Ba'zilar huddi sening muammolaring bilan ilgilanayotgandek o'zlarini ko'rsatishadi aslida buning aksi bo'ladi, ba'zilar esa senga bildirmay, sening ortingdan go'zal tarzda muammolaringni hal qilishga urinishadi.
Harakatni go'zal tarzda boshlab, oxiriga kelgach ba'zilar o'zgarishadi, qadamni kech tashlaganlar esa seni yaralaring bilan qabul qilishga tayyor bo'lishadi. Ba'zan tashqi ko'rinishing ular istamagandek bo'lgani uchun yuqorida aytilgandek yarim yo'lda o'zingni qoldirib ketishadi, ba'zan esa shunchaki sening borligingni o'zini baxt deb anglaganliklari uchun sen bilan qolishadi. Bir yordamni berishadiyu, uni sababchisi "Menman" deya minnatli oshni senga umr bo'yi yedirishadi, ba'zilar esa haqiqatni, ya'ni: "Men oddiy sababchiman, senga Alloh yordam berdi" deya aytishadi. Ba'zi qilgan xatolaringni yuzingga yillar o'tsa ham solaverishadi, ba'zan esa sen uchun barchasini unutib, davom etishadi.
O'z hayoti go'zal ketsa bo'ldi ba'zilarga, ba'zilar esa o'z hayotlari ostin-ustun bo'lsada, seniki bilan ilgilanishadi. O'ylab o'tirmay, dab-durustdan seni xafa qilishadi, boshqalar esa ko'nglingga olmasliging uchun, odob doirasidan chiqmagan holda tushuntirishga harakat qilishadi.

Yozaversam aslida holatlar bisyor. Aytmoqchimanki, yoningizda ikkinchi sanab o'tganlarimdek insonlar bo'lsa - siz qisman bo'lsada, baxtlisiz!

@paradise_pg