Get Mystery Box with random crypto!

Baqara surasining 83-oyatida “…Odamlarga yaxshi gaplar ayting” | الجنة 𝑝𝑎𝑟𝑎𝑑𝑖𝑠𝑒

Baqara surasining 83-oyatida “…Odamlarga yaxshi gaplar ayting”, deyilgan.

Shunchaki yaxshi so’zlar insonni qalbini qanchalik gullatishini bilganimizda edi, balki tilimizga kelayotgan kalimalarni o’ylab, mos qilib gapirgan bo’lar edik deb o’ylab qolaman.

Ba’zan insonni birgina tushkunlikdan olib chiquvchi narsa - shirin so’z bo’lishi, uni bir umr tushkunlikka solib qo’yuvchi narsa ham shu so’zlar bo’lishi mumkin.

“O’zing zaif bo’la turib, odamlarning qalbini qozonishing haqiqiy g’alaba. Kuchli bo’la turib, qalblarni boy berishing, haqiqiy mag’lubiyatdir.

Zotan, qalblar mol-dunyo bilan sotib olinmaydi va kuch bilan bo’ysundirilmaydi”.