Get Mystery Box with random crypto!

Qizim.. Allohning izni ila kechagi kun o‘tib ketdi. Abadiy | الجنة 𝑝𝑎𝑟𝑎𝑑𝑖𝑠𝑒

Qizim..

Allohning izni ila kechagi kun o‘tib ketdi. Abadiy tugadi. Hech qo‘rqma. Allohga nisbatan ishonching cheksiz bo‘lsin. Agar nomaqbul ishlardan qaytib, samimiy tavba qilgan bo‘lsang, Allohim mag‘rifatli Zot, seni kechiradi. Allohim ne-ne kishilarni kechirib yuborganini bilasanmi? Alloh azza va jalla qanchalar karamli va rahmli ekanidan xabaring yo‘qmi? Naqafat senga o‘xshab oq-qoraning farqiga borib tavba qilganlarni, hatto katta gunohlarni qilganlarni ham kechirgan va bundan keyin ham kechiradi. Uning mana shunday va'dasi bor. U shunday marhamatli Zotdir.

Koshki, butun insoniyat Alloh taoloni shu holida bilsa-yu, dunyo jannatga eltuvchi eng yaqin vositaga aylansa...

Agar fikrlaringni o‘lchovga solmasang, shayton seni eski kunlariga qaytarishi mumkin. Juda ehtiyot bo‘l..!

Duo qilishni unutmagin. O‘zing, ota-onang, ummat va biz uchun duoda bo‘l. Alloh yordamching bo‘lsin, Amiin.

Nuriddin Yildiz